Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi «Vest Hem Yunayted» bilan qanot hujumchisi Krisensio Sammervill transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Arablar futbolchi bilan ham shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Transfer narxi taxminan 80 mln yevroni tashkil qilishi aytilmoqda. Tez orada futbolchi tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsum Sammervill barcha musobaqalarni inobatga olganda 34 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangandi.
Transfermarkt portali Sammervilning aktual transfer narxini 35 mln yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi