Bu haqda 365Score statistik portali xabar berdi.
«Manchester Siti» yarim himoyachisi va Ispaniya milliy jamoasi sardori Rodri 2026-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng futbol tarixida faqat uch nafar yevropalikka nasib etgan yutuqni takrorladi.
Manbaning xabar berishicha, Rodri jahon chempionati, Yevropa chempionati, Chempionlar ligasi va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Ungacha yevropalik futbolchilar orasida bu yutuqni faqat germaniyalik Gerd Myuller va Frans Bekkenbauer hamda fransiyalik Zinedin Zidan qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 final bahsida Ispaniya Argentinadan 1:0 hisobida ustun kelgandi. Rodri musobaqa yakunlariga ko‘ra turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 2024-yilda Ispaniya Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan. O‘shanda ham Rodri musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan edi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi yilning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan sovrin – «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, 2023-yilda Rodri «Manchester Siti» bilan birga klublar o‘rtasidagi asosiy yevrokubok musobaqasida zafar quchgan.