RMC Sport xabariga ko‘ra, fransiyalik himoyachi vataniga qaytadi. «Aston Villa» himoyachisi Luka Din «PSJ» bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
33 yoshli Din 2016-yilda Parij klubini tark etib, «Barselona»ga, keyin esa Angliyaga ko‘chib o‘tgan. Futbolchining «Aston Villa» bilan ikki yillik shartnomasi bor edi, biroq fransuz klubi rahbariyati transfer bo‘yicha inglizlar bilan kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi.
«Pari Sen-Jermen» futbolchi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lab berishga tayyor. Birminghem klubi safida o‘tgan mavsum Din APLning 36 o‘yinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali Dinning aktual transfer narzini 6 mln yevroga baholamoadq.