Shvetsiyalik sobiq hujumchi Zlatan Ibrahimovich argentinalik Leandro Paredesning Ispaniya bilan o‘yindan keyingi janjalli xatti-harakatiga izoh berdi. Argentinaliklar jahon chempionati final bahsida mag‘lub bo‘lishgan edi. Ibrahimovichning so‘zlariga ko‘ra, hakam Paredesni maydondan chetlatishi kerak bo‘lgan.
«Bunga qanday qilib xotirjam qarash mumkinligini bilmayman. Paradesning omadi bor ekan, men maydonda yo‘q ekanman. O‘zini baxtli deb hisoblayversin. U mendan yaxshigina zarba olgan bo‘lardi, hatto chetlatish evaziga bo‘lsa ham» - deya Zlatan Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tgan mundial final bahsida Ispaniya milliy jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinani mag‘lubiyatga (1:0) uchratdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi