Bu haqda «Chelsi» o‘zining rasmiy sayti orqali xabar berdi.
23 yoshli Morgan Rojers londonliklar bilan 2033-yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Shartnomaning boshqa shartlari hozircha ochiqlanmayapti.
Avvalroq OAV London klubi Rojers uchun «Aston Villa»ga £ 117 mln (137 mln yevro) to‘lab berishi ma’lum qilingandi.
Transfermarkt portalining xabariga ko‘ra, xavbekning xaridi «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bungacha rekord Enso Fernandesga tegishli bo‘lib, argentinalik Londonga 121 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
O‘tgan mavsum Rojers «Aston Villa» safida umumiy hisobda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali Morganning aktual transfer narxini 90 mln yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi