Bugun
35
O'zbek

Gavi Paredesni diskvalifikatsiya qilmaslikni so‘radi

Futbol
22 iyul, 00:06
Yarimhimoyachi argentinalik hamkasbi bilan sodir bo‘lgan vaziyatni futbolda uchrab turadigan holat deb atadi.
Gavi Paredesni diskvalifikatsiya qilmaslikni so‘radi
Foto: Getty Images

Jahon chempionati-2026 final doirasidagi Ispaniya - Argentina o‘yini final hushtagidan keyin maydonda Leandro Paredes ishtirokida janjal yuzaga keldi. Argentinalik futbolchi avvaliga Erik Garsiya bilan tortishib qoldi, keyin jamoadoshini himoya qilmoqchi bo‘lgan Gaviga tashlandi. So‘ngra boshqa futbolchilar vaziyat jiddiylashishining oldini olishdi.

O‘z navbatida Gavi Leandro Paredesni ushbu holat tufayli diskvalifikatsiya qilmasliklarini so‘radi.

«Paredes va boshqa futbolchilarni diskvalifitsiya qilish kerakmi? Yo‘q, yo‘q, ularni chetlatish kerak, deb o‘ylamayman. To‘g‘ri, bu bolakaylar uchun chiroyli o‘rnak emas, ammo futbolning doimo nisbatan agressiv tomoni ham bo‘lgan. Menimcha, bo‘lib o‘tgan voqealar ham – futbolning bir qismi. Sportning bu turi doim shunday bo‘lgan va bunday keyin ham shundayligicha qoladi», - deya Gavi so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, mundial finalida Ispaniya Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gol evaziga (1:0) mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar