AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH tarixdagi eng muvaffaqiyatli futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilganini aytdi. Shuningdek, Meksika va Kanada ham jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qilgan.
«Men finaldan oldin hammasi qanchalik yaxshi ketayotganini aytmoqchi emasdim, chunki [keyin nima bo‘lishini] hech qachon bilmaysan. Ammo biz hozirgina tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionatini o‘tkazdik, uning daromadi boshqa har qanday jahon chempionatidan besh baravar yuqori edi. Men barchasi yana takrorlanishini intiqlik bilan kutaman, ammo menimcha, biz keyingi mundialga mezbonlik qila olmaymiz», - dedi Tramp Fox News efirida.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 o‘yinlari AQSHning 11 ta shahrida bo‘lib o‘tdi. Jahon birinchiligi o‘yinlari AQSHning quyidagi shaharlarida bo‘lib o‘tdi: Nyu-York (Ist-Raterford shahri), Filadelfiya, Boston, Atlanta, Mayami, Hyuston, Dallas, Los-Anjeles, San-Fransisko, Kanzas-Siti, Sietl.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi