Bugun
35
O'zbek

«Siti» Rodrining «Real»ga ketishiga to‘sqinlik qilmaydi

Futbol
22 iyul, 00:33
Manchester klubidagilar futbolchiga bo‘lgan hurmat va minnatdorchilik yuzasidan ham bu transferga qarshilik qilmaydi.
«Siti» Rodrining «Real»ga ketishiga to‘sqinlik qilmaydi
Foto: Getty Images

Bu haqda Le Journal du Real xabar berdi.

«Manchester Siti» faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishni ko‘zlayotgan Rodrini o‘z tarkibida olib qolishga urinmaydi.

«Qaymoqragnlilar» 30 yoshli yarimhimoyachi uchun kurashga qo‘shildi. Madrid klubi rahbariyatidagilar Florentino Peresni jahon chempioni transferi yuzasidan pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga ko‘ndira olishgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, «shaharliklar» rahbariyati ispaniyalikning transferiga qarshilik qilmaydi. Ingliz klubidagilar futbolchi o‘z kuchini «Real»da sinab ko‘rmoqchi ekanligini yaxshi bilishadi va unga bo‘lgan hurmat va minnatdorchilik tuyg‘ulari tufayli ham Rodrining rejalariga to‘sqinlik qilishmaydi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» Rodri bilan kelishuvga yaqin turibdi, ammo hozircha «Manchester Siti»ga transfer bo‘yicha rasmiy taklif yubormagan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar