Faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan 41 yoshli meksikalik darvozabon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi. Shunday qilib, Gilermo Ochoa 22-yillik faoliyatiga yakun yasamoqda.
«Orzu meni qanchalik uzoqqa olib borishi mumkinligini tasavvur ham qila olmasdim. Bugun men faqat faxr bilan ortga qarab aytishim mumkin: Oilamga rahmat. Jamoadoshlarimga rahmat. Faoliyatimning har bir bosqichida men bilan birga bo‘lgan har bir muxlisga rahmat. Men millionlab odamlarning muhabbatini va Meksika uchun hamma narsani qurbon qilganimga bo‘lgan ishonchni olib ketyapman. Biz boshdan kechirgan narsalarni hech kim bizdan tortib ololmaydi. Barchangizdan chin qalbimdan minnatdorman!», - deb yozdi Ochoa o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Klublar miqyosida Ochoa 2005-yilda «Clausura» turnirida «Amerika» bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va Belgiyaning «Standard» klubi safida mamlakat kubogi sohibiga aylandi.
Xalqaro miqyosda esa darvozabon Meksikaga olti bor KONKAKAF oltin kubogini qo‘lga kiritishda yordam berdi va Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medallari sohibiga aylandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi