Bugun
35
O'zbek

«Roma» Disasi transferiga jiddiy kirishgan

Futbol
22 iyul, 01:00
Rim klubi Londonliklarga himoyachi transferi bo‘yicha so‘rov yuborishga ham ulgurdi.
«Roma» Disasi transferiga jiddiy kirishgan
Foto: Getty Images

Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Rim jamoasi markaziy himoyachi Aksel Disasi transferi bo‘yicha «Chelsi»ga rasmiy so‘rov yuborgan.

28 yoshli futbolchi yanvar oyida ijara huquqi asosida «Vest Hem»ga o‘tgandi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy himoyachi «Stemford Brij»ni butunlay tark etishi va faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin.

A Seriya klubi futbolchi vakillari bilan ham aloqa o‘rnatgan. «Chelsi» Disasi transferidan 20 million yevro ishlab olmoqchi. Avvalroq Disasi London klubi shu yoz xayrlashishni niyat qilgan futbolchilaridan iborat ro‘yxatga tushib qolgandi.

Fransiyalikning amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali himoyachining aktual transfer narzini 15 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar