Bugun
35
O'zbek

Pirs Morgan: «Angliya Yevro-2028da g‘alaba qozonadi»

Futbol
22 iyul, 04:59
Jurnalist va boshlovchi Pirs Morgan Angliya milliy jamoasining mundialdagi ishtiroki va istiqboli haqida gapirdi.
Pirs Morgan: «Angliya Yevro-2028da g‘alaba qozonadi»
Foto: Getty Images

Jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Angliya milliy jamoasining jahon chempionatidagi o‘yini borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tomas Tuxel shogirdlari yarimfinalda Argentinaga imkoniyatni boy berdi (1:2), keyin esa uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyani mag‘lub etdi – 6:4.

«Angliyaning bu jamoasi bilan faxrlanaman. Jamoa finalga chiqishiga 5 daqiqa qolgan edi, Meksikaga qarshi o‘yinda qahramonlik ko‘rsatib, Fransiyani mag‘lubiyatga uchratib va 1966-yildan buyon eng yaxshi natijani qayd etib, men ko‘rgan ingliz jamoalari ichidagi eng yaxshisi bo‘lishdi.

Tuxel jamoasi manziliga bo‘layotgan tanqidlar haddan ziyod ko‘p. Biz Yevroda zafar quchamiz», – deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, mundial bronza medallariga ega chiqqan inglizlar 1966-yildan buyon eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Bugungi yangiliklar