Bugun
35
O'zbek

Fabritsio Romano: Van Bommel — Belgiya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi

Futbol
22 iyul, 03:44
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Belgiya milliy jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
Fabritsio Romano: Van Bommel — Belgiya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

Bu haqda mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Niderlandiyalik sobiq yarimhimoyachi Mark van Bommel Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Insayderning xabariga ko‘ra, Markning bosh murabbiy etib tayinlanishi to‘liq hal bo‘lib bo‘lgan. Tomonlar hujjatlarni imzolasa yetarli. Kelishuv 2028-yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi.

Avvalroq Belgiya futbol federatsiyasi (RBFA) o‘zining rasmiy sayti orqali milliy jamoa bosh murabbiyi Rudi Garsiya bilan 2026-yil 31-iyulda tugaydigan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati-2026da Belgiya milliy jamoasi 1/4 finalda bo‘lajak chempion Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar