Bugun
35
O'zbek

Morgan Rojers: «Men uchun «Chelsi» Londondagi eng katta klub»

Futbol
22 iyul, 04:10
«Chelsi»ning yangi a’zosi London klubiga transferi haqida fikr bildirdi.
Morgan Rojers: «Men uchun «Chelsi» Londondagi eng katta klub»
Foto: Getty Images

«Chelsi»ning yangi yarimhimoyachisi Morgan Rojers «Aston Villa»dan London klubiga o‘tishi haqida gapirdi.

«Juda hayajonlanyapman. Men uchun «Chelsi» Londondagi eng katta klub bo‘lib, bolaligimdan beri unga havasim kelardi. Ushbu loyihadan, uning yangi murabbiyi, mavjud futbolchilar va klubning tanlagan yo‘nalishidan juda xursandman. Aynan shuning uchun men shu yerdaman va ishni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman», - deya Rojersning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Chelsi» rasmiy sayti.

Avvalroq OAVda London klubi Rojersni 117 million funt sterlingga (137 million yevro) sotib olishi haqida xabar berilgan edi. O‘tgan mavsumida yarimhimoyachi "Aston Villa" safida barcha musobaqalarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar