Bu haqda jurnalist Martin Arevalo xabar berdi.
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Leandro Paredes jahon chempionatida jiddiy jarohat bilan harakat qilgan.
32 yoshli futbolchi mundialda darz ketgan qovurg‘asi bilan uchta o‘yin o‘tkazgan.
Manbaning xabar berishicha, jarohat sabab xavbek hattoki nafas olish bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelgan. Raqiblar muammo haqida bilmasligi va o‘yinchini ataylab safdan chiqarmasligi uchun jarohat jahon chempionati oxirigacha sir saqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi jahon chempionati finaliga qadar yetib bordi va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga minimal hisobda yutqazib qo‘ydi. Finalda Paredes 75 daqiqa o‘ynadi va keyin zaxiraga olindi. Umumiy hisobda «Boka» vakili JCH-2026da 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.