«Manchester Yunayted»ning yangi a’zosi Yuri Tilemans jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Juda ajoyib murabbiy. U bilan munosabatlarimiz yaxshiligidan juda ham xursandman. Uning o‘zi ham futbolchi bo‘lgani [yarimhimoyachi] va uning o‘yinchi sifatida erishgan yutuqlarini inobatga olsak, ma’lum bir turdagi yarim himoyachilarni izlayotgani ko‘p narsadan dalolat beradi», — deya Tilemans so‘zlaridan iqtibos keltirdi «MYU» rasmiy sayti.
Belgiyalik «qizil iblislar» safiga «Aston Villa»dan kelib qo‘shildi. Futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Tilemans barcha musobaqalarni inobatga olganda 34 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi. Yuri JCH-2026da Belgiya milliy jamoasining sardori va yetakchisi bo‘ldi, jamoa musobaqa 1/4 finaligacha yetib bordi va bo‘lajak chempion Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (1:2).