Bugun
59
O'zbek

Luis Enrike «PSJ» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
23 iyul, 06:03
L'Equipe xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis 2030 yilgacha Parij klubini boshqarishda davom etadi.
Luis Enrike «PSJ» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim shartlarini kelishib olgan. Shartnoma imzolangani yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Luis Enrike 2023 yildan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Parij klubi uch marta Fransiya chempionati, uch marta Fransiya Superkubogi, ikki marta UEFA Chempionlar ligasi, ikki marta Fransiya kubogi, shuningdek, UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokni bir martadan qo‘lga kiritdi.

54 yoshli mutaxassis faoliyati davomida «Roma», «Selta», «Barselona» hamda Ispaniya milliy jamoasini ham boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar