Bugun
59
O'zbek

De Ketelare «PSJ»ga o‘tishi mumkin

Futbol
22 iyul, 13:44
Parij klubi belgiyalik yarimhimoyachini muqobil transfer varianti sifatida ko‘rmoqda.
De Ketelare «PSJ»ga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

«Atalanta» yarimhimoyachisi Sharl de Ketelare faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolerining xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga «PSJ» qiziqish bildirmoqda. Biroq parijliklar uni yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad emas, balki muqobil variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

24 yoshli futbolchi 2024 yilda **«Milan»**dan 23 million yevro evaziga «Atalanta» safiga ko‘chib o‘tgan edi. Uning Bergamo klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda De Ketelare barcha musobaqalarda 42 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, belgiyalik yarimhimoyachining transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar