Live
15
O'zbek

Rasman: Modrich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
23 iyul, 12:18
Yangi mavsumda u yana 14-raqam ostida o'ynaydi.
Rasman: Modrich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images

"Milan" klubi yarimhimoyachi Luka Modrich bilan tuzilgan shartnoma yana bir mavsumga uzaytirilganini rasman e'lon qildi.

Yangi kelishuvga ko'ra, xorvatiyalik 39 yoshli futbolchi klub safida 2027 yil 30 iyungacha to'p tepadi. Yangi mavsumda u yana 14-raqam ostida o'ynaydi.

Avvalroq futbolchi "rossoneri" safida yangi kelishuvga ko'ra, yiliga 4,5 million yevro atrofida maosh olishi xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda Luka barcha turnirlar doirasida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar