Live
4
O'zbek

«Milan» Leau uchun narx belgiladi

Futbol
23 iyul, 06:59
Italiya grandi portugaliyalik hujumchini 50 million yevroga sotishga tayyor.
«Milan» Leau uchun narx belgiladi
Foto: Getty Images

«Milan» hujumchisi Rafael Leau yozgi transferlar oynasida klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Yag'iz Sabunjuo‘g‘li xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «rossoneri» portugaliyalik futbolchining ketishi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor. Xususan, klub Leauni majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berishi yoki uni 50 million yevro evaziga to‘liq sotishi mumkin.

Rafael Leau 2019 yilda «Lill»dan «Milan» safiga 49 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda portugaliyalik hujumchi barcha musobaqalarda 31 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali Rafael Leauning transfer qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar