«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Avvalroq tomonlar 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi bitim bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Skiraning yozishicha, 40 yoshli futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha yillik maoshi 4,5 million yevroni tashkil etadi.
Modrich 2025 yilning yozida «Milan» safiga qo‘shilgan edi. U ilk mavsumida barcha musobaqalarda 37 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi