Bugun
59
O'zbek

«Barselona» Kanseluni qaytarishga ishonmoqda

Futbol
23 iyul, 04:44
Kataloniyaliklar «Al Hilol» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, futbolchining o‘zi ham ortga qaytishni istaydi.
«Barselona» Kanseluni qaytarishga ishonmoqda
Foto: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Barselona» himoyachi Joau Kanseluni qayta o‘z safiga qo‘shib olish borasida optimistik kayfiyatda.

Manbaga ko‘ra, bir necha hafta avval transfer bo‘yicha kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, Kataloniya klubi «Al Hilol» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va yozgi transferlar oynasi yopilishiga qadar bitimni yakunlashiga ishonmoqda.

Romano ta'kidlashicha, Kanseluning o‘zi ham «Barselona»ga qaytishni istamoqda. Bu omil transferning amalga oshish ehtimolini oshirayotgan asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumda «Barselona» safida ijara asosida to‘p surib, jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar