«Real» «Leyptsig» vingeri Yan Diomande bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Madrid klubi Kot-d’Ivuar milliy jamoasining 19 yoshli futbolchisi uchun 90 million yevro va yana 10 million yevro bonus taklif qilgan.
Biroq Germaniya klubi ushbu taklifni rad etib, futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilgan. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda.
Shuningdek, «PSJ» ham Diomande transferi bo‘yicha «Leyptsig» bilan aloqada, ammo hozircha muzokaralardan ijobiy natija chiqmagan.
Avvalroq «Real» Rodriga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor ekani ma’lum qilingan edi.