«Barselona» sobiq himoyachisi Dani Alves Kataloniya klubida birga ishlagan davrida bosh murabbiy Xosep Gvardioladan nimani o'rganganini gapirdi.
«Bir voqeani aytib beraman. Odatda, futbolchilar yakshanba kuni o'yin o'tkazsa, dushanba kuni mashg'ulot qilmaydi.
Ular dam oladi, massaj va tiklanish muolajalaridan o'tadi. Men esa mashg'ulot qilardim, chunki bu men uchun dam olish edi.
Pep: «Bu yigit biroz jinniga o'xshaydi», derdi, ammo bunu qabul qilardi. Men esa: «Yakshanba kuni deyarli hech narsa qilmadim, demak, dushanba kuni hech bo'lmasa biror ish qilishim kerak», deb javob berardim. Shundan keyin o'yinda ishtirok etmagan futbolchilar bilan birga mashg'ulot o'tardim.
Pep bizga o'z vazifangni sidqidildan bajarishning o'zi yetarli ekanini o'rgatdi. Boshqa birovning ishini qilishga urinmaslik kerak», — dedi Alves Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, Dani «Barselona» safida 2008–2016 yillarda, shuningdek, 2021 yil noyabr oyidan 2022 yil iyun oyigacha to'p tepgan. Xosep Gvardiola esa jamoani 2008–2012 yillar oralig'ida boshqarib, klub bilan jami 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan.