Bugun
48
O'zbek

Jahon chempionatining eng yaxshi hakami ma'lum qilindi

Futbol
25 iyul, 01:30
Ushbu mukofot Italiya futbol hakamlari uyushmasiga rahbarlik qilgan Juliyo Kampanati sharafiga ta'sis etilgan.
Jahon chempionatining eng yaxshi hakami ma'lum qilindi
Foto: Getty Images

Sloveniyalik hakam Slavko Vinchich 2026 yildagi jahon chempionatining eng yaxshi hakami deb topildi.

U musobaqaning eng muhim uchrashuvi bo'lgan Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o'rtasidagi final (1:0)ni ham yuqori saviyada boshqardi.

Qayd etish lozim, ushbu mukofot uzoq yillar Italiya futbol hakamlari uyushmasiga rahbarlik qilgan va o'z davrining eng yaxshi hakamlaridan biri hisoblangan italiyalik Juliyo Kampanati sharafiga ta'sis etilgan.

Ma'lumot o'rnida, Vinchich Sloveniyaning Maribor shahrida tug'ilgan. U hakamlik faoliyatini 2007 yilda o'z yurtida boshlagan.

Slavkoning ishtirokidagi ilk yirik musobaqa 2012 yildagi Yevropa chempionati bo'lgan. Biroq o'sha turnirda u bosh hakam emas, balki yana bir sloveniyalik hakam Damir Skominaning assistenti sifatida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +5 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar