Bugun
48
O'zbek

Messining shajarasi braziliyaliklarga borib taqalishi aniqlanishi

Futbol
24 iyul, 23:45
Tarixchi Fiorenzo Santini 3 yillik tadqiqotlari bo'yicha o'z xulosalarini taqdim etdi.
Messining shajarasi braziliyaliklarga borib taqalishi aniqlanishi
Foto: Getty Images

Tarixchi Fiorenzo Santinining 3 yillik tadqiqoti davomida Lionel Messining shajarasi braziliyaliklarga borib taqalishi aniqlangan.

Tadqiqotga ko'ra, Messining katta bobosi 1899 yilda Italiyadan Braziliyaga ko'chib kelgan. Keyinchalik esa oila Argentinaning Rosario shahriga ko'chib o'tgan.

Braziliyada yashagan davrda oila a'zolarining familiyasi va ayrim ismlari o'zgartirilgan. Kocettini familiyasi Kucchitiniga aylangan.

«O'sha davrda muhojirlarning ismi va familiyasini o'zgartirish odatiy hol edi. Bu ularning ona tilidagi imlo va talaffuz xususiyatlari bilan bog'liq qiyinchiliklar sabab amalga oshirilgan», — deyiladi tadqiqotda.

Qayd etish lozim, Lionelning katta bobosi Federiko aynan Braziliyada tug'ilgan. Avvalroq Messi va De Paul jahon chempionati finalidan so'ng jamoa bilan Argentinaga uchib ketmagani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar