2026 yildagi jahon chempionatida porlagan Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinha Chilining "Kolo-Kolo" klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, kabo-verdellik darvozabonning transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishilgan. Endi tomonlar rasmiy hujjatlarni imzolashi kerak.
Qayd etilishicha, transfer ushbu dam olish kunlari amalga oshadi. Shundan so'ng Vozinha tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Chiliga yo'l oladi.
Avvalroq Messi posbonga uni "Inter Mayami" safida ko'rishdan mamnun bo'lishini bildirgani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi