Braziliya milliy jamoasi Hindiston milliy jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Hozirda ushbu ehtimoliy bellashuv sentabr yoki oktabr oylarida bo'lib o'tishi taxmin qilinmoqda.
Bu bahsni o'tkazishga yana bir sabab sifatida hindistonlik ko'plab muxlislar jahon chempionati vaqtida Braziliya milliy jamoasiga muxlislik qilgani ham keltirib o'tilgan.
Avvalroq Braziliya 36 yildan so'ng jahon chempionatida chorakfinalga chiqa olmagani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi