Live
1
O'zbek

Mourinio «Real» Chuamenini «MYU»ga sotib, Rodrini olib kelishini istamoqda

Futbol
24 iyul, 10:23
Madrid klubining yangi bosh murabbiyi fransiyalikning o‘rniga jamoa JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisini ko‘rmoqchi.
Mourinio «Real» Chuamenini «MYU»ga sotib, Rodrini olib kelishini istamoqda
Foto: Getty Images

«Real Madrid»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino yakuniga yetgan mundial eng yaxshi futbolchisi transferini moliyalashtirish uchun yarimhimoyachi Orelen Chuamenini «Manchester Yunayted»ga sotmoqchi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 79,6 million yevroga baholangan 26 yoshli fransuz futbolchisi haqida ma’lumot so‘ragan. «Qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Kerrining shahsan o‘zi bu transfer amalga oshishini istamoqda. Avvalroq klub ikki nafar yarimhimoyachi - Andrey Santos va Yuriy Tilemansni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Ma’lum qilinishicha, «Real» «Manchester Siti»dan Rodrini sotib olishga jiddiy kirishgan. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 12 oydan keyin yakuniga yetadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar