"Barselona" yarimhimoyachisi Mark Bernal faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" ispan 18 yoshli iqtidorli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Shaharliklar" Rodri jamoani tark etgan taqdirda uning o‘rnini Bernal bilan to‘ldirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ma'lumot uchun, Mark "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum barcha turnirlar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.