"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodri faoliyatini "Real"da davom ettirishi istagida.
El Debate nashri xabar berishicha, ispaniyalik 30 yoshli futbolchi "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirishni istamayapti. Uning amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Manbaga ko'ra, Rodri "Manchester Siti" bilan ehtimoliy transfer narxini sun'iy ravishda oshirmaslik bo'yicha kelishuvga erishgan. Yarimhimoyachi transfer qiymatini 45 million yevro va yana 5 million yevro bonus ko'rinishida belgilashga muvaffaq bo'lgan.
O'tgan mavsumda Rodri barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo'ldi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi