Live
1
O'zbek

O‘rtoqlik o‘yini. «Manchester Yunayted» Norvegiyada «Rusenborg»ni tor-mor etdi

Futbol
24 iyul, 13:59
Kerrik jamoasi raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.
O‘rtoqlik o‘yini. «Manchester Yunayted» Norvegiyada «Rusenborg»ni tor-mor etdi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» jamoasi yangi mavsum oldida tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Maykl Kerrik shogirdlari Norvegiyada «Rusbenborg»ga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Unda inglizlar 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Leysi, Zirkzee, Devani, Amass va Uilyams gollarga mualliflik qildi.

O‘rtoqlik o‘yini.
Rusenborg – Manchester Yunayted 0:5
Gollar:
Leysi 31, Zirkzee 56, Devani 63, Amass 72, Uilyams, 84.
MYU – Vitek (Mi 72), Yoro (Armer, 61), Maguayr (Kamaso, 46), Heven, Shou (Amass, 46), Maunt (Devani, 61), Andrey Santos, Mbeumo (Uilyams, 61), Leysi (Fletcher, 61), Dorgu, Zirkzee (Obi, 61).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar