«Tottenhem» va Angliya milliy jamoasi himoyachisi Jed Spens yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun kurashga «Manchester Yunayted» ham qo‘shilgan. «Qizil iblislar» transfer oynasi yopilguniga qadar himoyachi uchun rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor.
Jed Spens 2022 yilda **«Midlsbro»**dan «Tottenhem» safiga 14 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
2025/26 yilgi mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta bahsda maydonga tushdi. U mavsum davomida gol ham, golli uzatma ham qayd etmadi.
Transfermarkt portali Jed Spensning transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.