Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Italiyalik darvozabon Gulelmo Vikario yozgi transfer oynasida Londonning «Tottenhem» klubini tark etishi mumkin.
Insayderning ma’lum qilishicha, darvozabon londonliklarning mavsumoldi turnesida qatnashmaydi.
Avvalroq Yevropa matbuotida Vikario faoliyatini «Napoli» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, 2025/2026-yilgi mavsumda italiyalik kiper 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
29 yoshli darvozabonning London klubi bilan shartnomasi 2028-yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Darvozabonning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi