Live
1
O'zbek

Vikario «Tottenhem»ni tark etishga yaqin

Futbol
23 iyul, 06:06
Italiyalik darvozabon mavsumoldi yig‘iniga olib ketilmadi.
Vikario «Tottenhem»ni tark etishga yaqin
Foto: Getty Images

«Tottenhem» darvozaboni Gulyelmo Vikario yozgi transferlar oynasida klubni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, italiyalik posbon «Tottenhem»ning mavsumoldi yig‘iniga jalb qilinmagan. Bunga sabab sifatida uning ushbu yozda jamoani tark etishi deyarli aniq ekani ko‘rsatilmoqda.

Romano ta'kidlashicha, klub Vikarioning yaqin vaqt ichida transfer qilinishini kutmoqda. Biroq uning qaysi jamoaga o‘tishi borasida hozircha ma'lumot berilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar