Live
1
O'zbek

Mareska: «Dushanba kuni Rodri jarrohlik stoliga yotadi»

Futbol
24 iyul, 12:48
«Siti» ustozi markaziy yarimhimoyachi jarohat sababli jarrohlik stoliga yotishini tasdiqladi.
Mareska: «Dushanba kuni Rodri jarrohlik stoliga yotadi»
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska markaziy yarimhimoyachi Rodri Ernandes belidagi jarohat tufayli jarrohlik amaliyotiga murojaat qiladi.

«Dushanba kuni Rodri operatsiya qilinadi. Unga ta’til kerak, dam olib keyin u safimizga qaytadi. Har bir murabbiy tarkibida Rodri bo‘lishini istaydi, chunki u chinakamiga top futbolchi. U kabi futbolchilar atrofida turli mish-mishlar bo‘lishi tabiiy hol, bu meni tashvishga solmaydi», - deya mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Rodri yakuniga yetgan JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ispaniya yarimhimoyachisi AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tgan mundialda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va chempionga aylandi. 30 yoshli futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi keyingi yil yozda yakuniga yetadi.

Bugungi yangiliklar