«Real» rahbariyati «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodriga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubida bu boradagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytilmoqda. Shuningdek, «qirollik klubi» vakillari futbolchi bilan hech qanday aloqa o‘rnatilmaganiga urg‘u bergan.
Xabarda qayd etilishicha, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaga Rodrining o‘yin uslubiga mos kelmaydigan taktik modelni singdirmoqchi. Shu bois ispaniyalik yarimhimoyachi klubning transfer rejalari qatoriga kirmaydi.
Shu bilan birga, «Manchester Siti» JCh-2026 g‘olibi bo‘lgan futbolchini taxminan 60 million yevro evaziga sotishga tayyor ekani aytilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 33 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning «Manchester Siti» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali yarimhimoyachining transfer qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.
Qayd etish joiz, «Real» Rodriga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar avvalroq bir necha manbalarda tarqalgan edi. Biroq AS ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubi bu mish-mishlarni inkor etmoqda.