Live
15
O'zbek

Gonsalo Garsiya «Real»da qoladi

Futbol
23 iyul, 14:23
Madrid klubi 22 yoshli forvardni qo'yib yubormaydi.
Gonsalo Garsiya «Real»da qoladi
Фото: Getty Images

«Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya jamoada qoladi. Bu haqda jurnalist Nizaar Kinsella xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 22 yoshli forvardning «Fulhem»ga o'tishiga qarshilik qilgan. London klubi Garsiyani sotib olish bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirgandi.

Ma'lumot uchun, Gonsalo «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida o'tkazgan 73 rasmiy o'yinda 30 ta gol urgani va 7 assistni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar