Live
4
O'zbek

«PSJ» va «Barselona» Rodri uchun kurashga qo'shildi

Futbol
25 iyul, 13:40
«Manchester Siti» esa o'z navbatida futbolchi bilan 2027 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi.
«PSJ» va «Barselona» Rodri uchun kurashga qo'shildi
Фото: Getty Images

«PSJ» va «Barselona» jamoalari «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Parij klubi yarim himoyachining transfer shartlarini bilish uchun «shaharliklar» bilan bog'langan.

Kataloniya klubi esa Frenki de Yongning jarohatidan so'ng maydon markazini kuchaytirishni maqsad qilgan va ispaniyalik 30 yoshli futbolchiga e'tibor qaratgan.

Qayd etilishicha, Rodrini o'z safiga qo'shib olish poygasida «Real» peshqadamlik qilmoqda. Madridliklar xavbek bilan kelishuvga erishib bo'lishgan, ammo bu transfer uchun qo'shimcha mablag' topish maqsadida o'z yarimhimoyachilaridan birini sotishlariga to'g'ri keladi.

«Manchester Siti» esa o'z navbatida futbolchi bilan 2027 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Rodri o'tgan mavsumda APLning 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar