Live
8
O'zbek

«Barsa» de Yongni sotishga tayyor

Futbol
25 iyul, 07:30
Flik futbolchining so'nggi o'yinlari va jamoadagi roliga yuqori baho bermayapti.
«Barsa» de Yongni sotishga tayyor
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachi Frenki de Yongni sotishga tayyor. Bu haqida jurnalist Jerar Romero xabar berdi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchining so'nggi o'yinlari va jamoadagi roliga yuqori baho bermayapti. 23 iyul kuni «Barselona» de Yong tizzasining ichki yon bog'lami uzilganini rasman ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, yarimhimoyachining tiklanish muddati tanlangan davolash usuliga qarab bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Ma'lumot o'rnida, Frenki 2019 yil yozidan buyon «Barselona» safida to'p tepib kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 297 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 gol urdi va 31 assist amalga oshirdi.

Avvalroq de Yong «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar