Live
3
O'zbek

«Man Siti» sport direktori: «Husanovda jahon darajasidagi himoyachi bo'lish uchun barcha imkoniyat mavjud»

Futbol
25 iyul, 08:55
Ugu Viana Abduqodirning klub bilan shartnoma uzaytirganiga munosabat bildirdi.
«Man Siti» sport direktori: «Husanovda jahon darajasidagi himoyachi bo'lish uchun barcha imkoniyat mavjud»
Foto: Manchester City

«Manchester Siti» sport direktori Ugu Viana himoyachi Abduqodir Husanov bilan shartnoma uzaytirilganiga munosabat bildirdi.

«Abduqodir Angliyaga kelganidan beri ko'rsatayotgan o'yinidan juda mamnunmiz. Biz uning nafaqat ajoyib inson, balki yuqori saviyali himoyachiga aylanib borayotganini ko'ryapmiz. Lekin bu hali faqat boshlanishi ekanini ham yaxshi bilamiz.

U ajoyib jismoniy va texnik sifatlarga ega. Unda jahon darajasidagi markaziy himoyachi bo'lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud», — dedi Viana klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar