Live
5
O'zbek

Sancho faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Futbol
26 iyul, 13:06
«Al Rayyan» erkin agent maqomidagi angliyalik vingerga shartnoma taklif qildi.
Sancho faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Jeydon Sancho faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, 26 yoshli angliyalik vingerga Qatarning «Al Rayyan» klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, sakkiz karra mamlakat chempioni futbolchiga rasmiy shartnoma taklif qilgan va hozir uning javobini kutmoqda.

Avvalroq Sancho faoliyatini Angliyada davom ettirishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Jeydon Sancho ushbu yozda «Manchester Yunayted»ni shartnomasi yakunlangach tark etdi. O‘tgan mavsumni u ijara asosida «Aston Villa»da o‘tkazib, barcha musobaqalarda 39 ta bahsda maydonga tushdi, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ar-Rayyan Ar-Rayyan
Bugungi yangiliklar