Live
5
O'zbek

«Arsenal» «Benfika»ning tovon puli 100 mln yevrolik vingeriga qiziqib qolgan

Futbol
26 iyul, 13:18
London klubi Norvegiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Andreas Shelderupga e’tibor qaratdi.
«Arsenal» «Benfika»ning tovon puli 100 mln yevrolik vingeriga qiziqib qolgan
Foto: Getty Images

Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Londonning «Arsenal» klubi Norvegiya milliy jamoasi va «Benfika» klubi vingeri Andreas Shelderupga qiziqish bildirmoqda.

Biroq londonliklar futbolchi uchun yagona nomzod emas. «Tottenhem» va «Roma» klublari ham Shelderup atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va transfer oynasi yopilgunga qadar uni sotib olishga harakat qilib ko‘rishi mumkin.

«Benfika» futbolchisi bilan xayrlashishga shoshilmayapti, sababi vingerning shartnomasida 100 mln yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatib qo‘yilgan.

O‘tgan mavsum Shelderup klub safida barcha musobaqalarni inobatga olganda 43 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Benfica Benfica
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar