Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
«Real» klubi vingeri Vinisius Juniorning kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda. Braziliyalikning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Hozircha tomonlar yangi bitim borasida kelisha olmayapti. Agarda «qaymoqranglilar» Vinisius bilan kelishuvga erisha olmasa, klub futbolchisini tekinga qo‘ldan chiqargandan, uni sotib yuborishni ma’qul ko‘rishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Real» Londonning «Arsenal» klubini Vinisius ketishi mumkin bo‘lgan yagona variant sifatida ko‘rmoqda.
«Arsenal» hozircha 26 yoshli Vinisiusning transferi moliyaviy jihatdan qanchalik foydali qaror bo‘lishini chamalamoqda.