Live
4
O'zbek

Mareska Grilishning «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida gapirdi

Futbol
26 iyul, 14:22
Yangi bosh murabbiy angliyalik vingerga jamoada qolish imkoniyati borligini aytdi.
Mareska Grilishning «Manchester Siti»dagi kelajagi haqida gapirdi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska Jek Grilishning klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning aytishicha, jarohatini tiklayotgan futbolchiga hozircha baho berish qiyin, biroq u Grilish bilan ishlashga tayyor.

«Futbolchilar bilan har kuni ishlamasangiz, ularga baho berish qiyin. Men uning nimalar qilganini bilmayman. Vaziyat murakkab», — dedi Mareska.

Murabbiyning ta'kidlashicha, u Grilish bilan yaxshi munosabatda va futbolchining insoniy fazilatlarini yuqori baholaydi.

«Qaysi klubga bormay, u yerdagi futbolchilar bilan ishlash mening vazifam. Jek hozir shu yerda. Biz yaxshi munosabatdamiz va men klubni tark etganimdan beri ham aloqada bo‘lib kelamiz. Uning qalbi juda katta, o‘zi ham ajoyib inson. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», — dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Jek Grilish o‘tgan mavsumni ijara asosida «Everton»da o‘tkazdi. Mersisaydliklar uni to‘liq transfer qilish huquqiga ega bo‘lsa-da, ushbu banddan foydalanmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar