Live
3
O'zbek

«Manchester Siti» va «Arsenal» Diomandega qiziqishni to'xtatdi

Futbol
25 iyul, 12:01
«Real» esa «RB Leypsig» vingeri transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
«Manchester Siti» va «Arsenal» Diomandega qiziqishni to'xtatdi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» va «Arsenal» «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandega qiziqish bildirishni to'xtatdi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, avvalroq har ikki ingliz klubi futbolchining vakillari bilan bog'lanib, ehtimoliy transfer shartlari haqida ma'lumot olgandi.

Manbaga ko'ra, iyun oyida 19 yoshli ivuarlik futbolchi «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shundan so'ng Diomande faqat «Real»ga o'tish variantiga rozilik bildirgan.

Hozirda Madrid klubi «RB Leypsig» bilan futbolchi transferi yuzasidan to'g'ridan to'g'ri muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Fabritsio Romano «Real» ushbu transferni amalga oshirish uchun Germaniya klubi bilan faol muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar