Live
3
O'zbek

«Liverpul» Vinisius bo'yicha qarorini qabul qildi

Futbol
25 iyul, 12:06
Braziliyalik vingerga «Arsenal» va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.
«Liverpul» Vinisius bo'yicha qarorini qabul qildi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Juniorning kelajagi transfer bozoridagi asosiy mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Bunga futbolchining yangi shartnoma borasidagi muzokaralari hali natija bermagani sabab bo'lmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, Vinisiusning vakillari ushbu yozda futbolchini «Liverpul»ga taklif qilgan. Biroq mersisaydliklar chap qanot emas, o'ng qanotni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratayotgani sababli transfer bo'yicha jiddiy muzokaralarni boshlamagan.

Manbaga ko'ra, agar Vinisius yozda «Real»ni tark etishga qaror qilsa, hozircha unga jiddiy qiziqish bildirayotgan yagona klub «Arsenal» hisoblanadi. Londonliklar futbolchi va uning vakillaridan ijobiy signal olgan taqdirda muzokaralarni boshlashga tayyor.

Shuningdek, Saudiya Pro Ligasi ham braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish umididan voz kechmagan. Ta'kidlanishicha, agar Vinisius ko'chib o'tishga rozi bo'lsa, uning asosiy manzili «Al Ahli» bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha mo'ljallangan. Avvalroq unga Saudiya Arabistonidan besh yil uchun 1 milliard yevrolik taklif tayyorlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar