"Fiorentina" klubi "Yuventus" himoyachisi Joau Mariuni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Janluka Di Marcio xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar portugaliyalik 25 yoshli futbolchining ijara transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Kelishuvga keyinchalik sotib olish bandi ham kiritilishi kutilmoqda. Transferning umumiy qiymati taxminan 9 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Mariu 2025 yilda "Yuventus" safiga kelib qo'shilgan. 2026 yilning ikkinchi yarmida esa ijara asosida "Bolonya"da to'p tepgan. "Zebralar" Mariyoni yana ijaraga berib yuborishga tayyor.