Live
5
O'zbek

Openda «Lion»ga o'tmoqda

Futbol
25 iyul, 11:42
Fransiya klubi hujumchini «Yuventus»dan ijara asosida o'z safiga qo'shib oladi.
Openda «Lion»ga o'tmoqda
Foto: Getty Images

«Lion» hujumchi Lois Opendani «Yuventus»dan ijara asosida o'z safiga qo'shishga yaqin turibdi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, tomonlar transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Kelishuvga binoan, «Lion» futbolchining maoshini to'liq qoplaydi va ijara uchun taxminan 3 million yevro to'laydi. Bitimda futbolchini sotib olish bandi mavjud emas.

Qayd etilishicha, Openda bir necha kun avval ushbu transferga rozilik bergan. Bu haqda avvalroq jurnalist Santi Auna ma'lum qilgandi.

Tibbiy ko'rik esa kelasi hafta o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar