«Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yozgi transferlar oynasida vinger Vinisius Juniorning jamoani tark etishiga qarshi ekanini bildirdi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatiga braziliyalik 24 yoshli futbolchini har qanday holatda ham jamoadan saqlab qolishni istayotganini ma'lum qilgan.
Avvalroq braziliyalik futbolchiga Angliyaning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vinisius Juniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo'ljallangan. U 2018 yil yozidan buyon «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Vinisius Juniorning bozor qiymati hozirda 140 million yevroga baholanmoqda.