«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS yulduzlar bahsini o‘tkazib yuborgani uchun diskvalifikatsiya qilinmaydi.
The Athletic xabariga ko‘ra, 2026 yilgi mavsum boshlanishidan oldin MLS va liga futbolchilari assotsiatsiyasi jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarga nisbatan alohida tartibni kelishib olgan. Unga ko‘ra, milliy jamoalardagi bahslardan keyin dam olishi uchun ayrim futbolchilar individual ravishda yulduzlar bahsidan ozod etilishi mumkin.
Shu sababli Lionel Messi MLS yulduzlar bahsida ishtirok etmasa-da, unga nisbatan hech qanday sanksiya qo‘llanilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan yili jarohati bo‘lmagan holda MLS yulduzlar bahsini o‘tkazib yuborgani uchun bir bahslik diskvalifikatsiyaga uchragandi.